"Dunyo" xabariga köra, taşrif doirasida Bangalor şahrida ikki davlat işbilarmon doiralari va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari iştirokida biznes-forum uyuştirildi. 

Samarali ötgan muloqotlar yakunida qator amaliy kelişuvlarga erişildi.

MAM Minerals kompaniyasi bilan hamkorlikda Peşku tumanida grafitni qayta işlaş va yuqori qiymatli, import örnini bosuvçi mahsulotlar (elektromobil akkumulyatorlari) işlab çiqariş loyihasini hayotga tatbiq etiş masalalari örganildi. Hind kompaniyasining yaqin istiqbolda Buxoro viloyatidagi grafit konida tadqiqotlar olib boriş uçun işçi guruh yuborişi böyiça kelişuvga erişildi.

Online Instrumens kompaniyasi bilan Buxoro viloyati hududida zamonaviy axborot displeylari işlab çiqariş böyiça anglaşuv memorandumi imzolandi. Viloyatdagi maktablar va turli idoralarni mazkur kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan ana şu turdagi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlaş böyiça hamfikrlik bildirildi. 

Dunyoning eng yirik dasturiy ta’minot işlab çiqaruvçilari va yetkazib beruvçilaridan biri sanalgan IBM kompaniyasining Karnataka ştatidagi bölinmasi bilan Qoraköl tumanida taşkil etilayotgan Acharya-IT klasterida yoşlarni IBM sertifikati asosida öqitiş, klaster negizida IBM kompaniyasining ofisi va laboratoriyasini taşkil qilişga kelişib olindi.

Delegatsiya safari doirasida Hindiston tadbirkorlari bilan Buxoro viloyatida turli sohalardagi loyihalarga qaratilgan 15 ta anglaşuv memorandumi imzolandi.