Özbekistonda 2025 yildan elektromobillar akkumulyatorlari uçun utilizatsiya yiğimi joriy etiş taklif qilinmoqda. Bu haqda 28 oktyabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida bölib ötgan yiğilişda vazir örinbosari Ahadbek Haydarov ma’lum qildi.

Spot xabariga köra, tölovni tayyor mahsulotlarni import qiluvçilardan yoki mahalliy akkumulyator işlab çiqaruvçilardan undiriş rejalaştirilgan.

Şunday qilib, yangi soliq elektromobillar egalariga, şuningdek, avtomobillarni tayyor holda olib kiruvçi jismoniy va yuridik şaxslarga taalluqli bölmaydi, deya ta’kidladi Iqtisodiyot va moliya vazirligi. 

Agar soliq qöllansa, u batareyaning quvvatiga qarab özgaradi. Yengil elektromobillar uçun tölov 5 mingdan 10 ming sömgaça, elektr yuk maşinalari uçun esa 370 ming sömgaça böladi.

Natijada Iqtisodiyot va moliya vazirligi 14 milliard sömga yaqin mablağ yiğişni kutmoqda. Keyinçalik olingan mablağlarni Atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligiga ötkaziş rejalaştirilmoqda.