Jahon | 19:06 / 09.05.2016
11919
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Nazarboyevga Ikkinchi jahon urushi davridagi qozoqlarning jasurligi haqida yozilgan gazetani topshirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytishicha, u 9 may kuni o‘tkazilgan paradda ishtirok etish uchun Moskvada bo‘lgan Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarboyevga Ikkinchi jahon urushi davriga tegishli, urushda qozoqlarning ko‘rsatgan qahramonliklari tasvirlangan gazetani topshirgan.

"Men mamnuniyat bilan bugun bizning oramizda bo‘lgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevga urush davrida chiqqan va qozoq xalqining urush vaqtidagi ko‘rsatgan qahramonliklari tasvirlangan gazetani topshirdim. Mehmonimizni qutlaymiz, unga bugun biz bilan birga bo‘lgani uchun minnatdorchilik bildiramiz", deya Putinning parad vaqtidagi nutqidan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Rossiya prezidenti "1941 yili dushman bilan kurashish uchun sobiq Sovet ittifoqi tarkibida bo‘lgan barcha xalqlar birdek jangovarlik bilan frontga otlangani" haqida eslab o‘tgan.

Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari birgalikda Moskvadagi Noma'lum askar qabriga gulchambarlar qo‘yishgan.

Mavzuga oid