Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya boshqa mamlakatlarni Xitoydagi g‘alaba paradida qatnashmaslikka chaqirdi
Avvalroq Yevropa mamlakatlarining Xitoydagi elchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishtiroki bois Pekinda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradni boykot qilishlari mumkinligi aytilgandi.
Yaponiya hukumati diplomatik kanallar orqali Osiyo va Yevropa mamlakatlarini Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlab 3 sentabr kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar va harbiy paradda qatnashmaslikka chaqirdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.
«3 sentabr kuni Pekindagi Tyananmen maydonida Pekin o‘zining “Yapon agressiyasiga qarshi urush” va “Butunjahon fashistlarga qarshi urush”dagi g‘alabasi deb ataydigan tadbirni nishonlash uchun parad o‘tkaziladi», — deyiladi agentlik xabarida.
Agentlik manbalarining aytishlaricha, Yaponiya xorijdagi elchixonalari orqali boshqa mamlakatlarni Xitoydagi xotirlash tadbirlari yaponlarga qarshi qaratilgani, bu tadbirlarda qatnashishdan oldin yaxshilab o‘ylash kerakligini ma’lum qilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi tadbirda qator mamlakatlar rahbarlari, jumladan, Vladimir Putin ham ishtirok etadi.
Avvalroq Yevropa mamlakatlarining Xitoydagi elchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishtiroki bois Pekinda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradni boykot qilishlari mumkin, deb yozgandi South China Morning Post nashri.
Mavzuga oid
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026