Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa elchilari Putin sababli Xitoydagi paradda qatnashmasliklari mumkin – OAV
Ayrim diplomatlar paradda qatnashmaslikka qaror qilgan, ayrimlari esa ta’tilga chiqishni rejalashtirmoqda.
Yevropa mamlakatlarining Xitoydagi elchilari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ishtiroki bois Pekinda bo‘lib o‘tadigan harbiy paradni boykot qilishlari mumkin, deb yozmoqda South China Morning Post.
Xabarga ko‘ra, Yevropa elchilari paradda Putin va Rossiya harbiylari qatnashishi mumkinligidan xavotirda.
Hozircha Rossiya harbiylarining paradda ishtirok etishlari rasman tasdiqlanmagan.
Xabarda aytilishicha, ayrim diplomatlar paradda qatnashmaslikka qaror qilgan, ayrimlari esa ta’tilga chiqishni rejalashtirmoqda.
Pekinda 3 sentabr kuni harbiy parad bo‘lib o‘tadi. Tadbirda qator mamlakatlar rahbarlari, jumladan, Vladimir Putin ham ishtirok etadi.
Mavzuga oid
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
11:22 / 23.06.2026