Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi Inha universitetida Axis Communications kompaniyasining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Axis Communications kompaniyasining delegatsiyasi joriy yilning 11 may kuni hamkorlik istiqbollarini muhokama etish uchun Toshkent shahridagi Inha universitetiga (IUT) tashrif buyurdi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta'kidlab o‘tish kerakki, Axis Communications bosh qarorgohi Shvetsiyada joylashgan bo‘lib, u dunyoning videokuzatuv yechimlari bozori yetakchisidir. Ushbu kompaniya 1996 yilda ilk IP videokamerani ishlab chiqargan.
Delegatsiya tarkibida Axis Communications kompaniyasining Rossiya va MDH mamlakatlarida sotuvlar bo‘yicha direktori Dmitriy Streltsov, Markaziy Osiyo mamlakatlarida strategik loyihalar rahbari Duman Duysenbayev va ABRIS kompaniyasining marketing direktori Baxtiyor Qosimovlar bor edi.
Delegatsiyani IUT rektori Sherzod Shermatov qabul qildi. Muzokaralar vaqtida tomonlar IUT va Axis Communications kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish istiqbollarini muhokama etdilar.
Shvetsiya kompaniyasi vakillarining takidlashicha, Axis Communications kompaniyasi ta'limga katta ahamiyat beradi va turli ta'lim dasturlarini taklif etadi.
Dmitriy Streltsov IUTda Axis Communicationsning yechimlarini taqdim etuvchi maxsus xudud tuzish hamda talabalar va videokuzatuv sohasi mutaxassislar uchun o‘quv seminarlari va tadbirlar o‘tkazishni taklif qildi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni belgilab beruvchil “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar.
Mavzuga oid
09:53 / 14.05.2026
Tramp va Si Jinping Pekinda uchrashuv o‘tkazdi
09:35 / 10.05.2026
Dunyoning eng qudratli 2 kishisi yana uchrashish arafasida. Kutilmalar qanday?
11:44 / 16.04.2026
Isroil va Livan 30 yildan so‘ng muzokara stoliga qaytadi
11:06 / 07.03.2023