
AQŞ prezidenti Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Jinping kelasi hafta Pekinda uçraşuv ötkazadi. Uşbu sammit dunyoning ikki yirik qudrati örtasidagi raqobatning keyingi bosqiçini belgilab beradigan öta muhim muzokaralar sifatida körilmoqda.
14 may kuni boşlanadigan ikki kunlik sammitda Tramp va Si Erondagi uruş, savdo, Tayvan va boşqa ziddiyatli masalalarni muhokama qilişi kutilmoqda. Ular sönggi bor 2025 yil oktabr oyida Janubiy Koreyada uçraşgandi. Öşanda AQŞ Xitoy tovarlariga yuz foizdan ortiq bojlar kiritgan va Pekin noyob yer elementlarining global ta’minotini böğib qöyiş bilan tahdid qilgan şiddatli savdo uruşini töxtatilgandi.
New York Times'ning yozişiça, kelgusi haftadagi taşrif – AQŞ-Xitoy örtasidagi beqaror yumşaş davri saqlanib qoliş-qolmasligini hal qilişi mumkin.
Co‘nggi uçraşuvdan beri köp narsa özgardi
Donald Tramp Xitoyning Yaqin Şarqdagi eng yaqin hamkori bölgan Eron bilan uruşga kirişib ketdi. Bu global bozorda energiya inqiroziga olib keldi va AQŞ harbiy resurslarini Şarqiy Osiyodan çalğitdi. Şuningdek, uruş – AQŞning öq-dorilar zaxirasini kamaytirib yubordi. Bu esa xitoylik tahlilçilarda – Qöşma Ştatlarning özini yaqin hamkori hisoblangan Tayvanni himoya qiliş imkoniyatiga nisbatan şubha uyğotdi.
Si Jinping ham öziga xos qiyinçiliklar: iqtisodiy ösişning sekinlaşuvi, energiya narxlarining kötarilişiga yuz tutmoqda. Bundan taşqari, Pekin Xitoyning eksportga qaram iqtisodiyotiga zarar yetkazişi mumkin bölgan global retsessiya – iqtisodiy pasayiş ehtimoli bilan kuraşmoqda.
Muzokaralar kun tartibida nimalar bor?
Tramp va Si eng avvalo savdo masalalarini, jumladan, bir-birining mamlakatlariga ehtimoliy sarmoyalarni muhokama qilişlari kutilmoqda.
Vaşington tahlilçilar «Beşta B» (Five B's) deb ataydigan masalalarga urğu bermoqda, ular quyidagilar:














