Safar davomida RF prezidenti administratsiyasi rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenko, Administratsiya rahbarining örinbosari – prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov, prezidentning strategik şeriklik va hamkorlik boşqarmasi boşliği Vadim Titov, prezidentning jamoat loyihalari boşqarmasi boşliği Sergey Novikov, prezidentning AKT va aloqa infratuzilmasini rivojlantiriş boşqarmasi boşliği Tatyana Matveyeva bilan uçraşuvlar ötkazilgan.

Şuningdek, Rossiyaning qator jamoat va yoşlar tuzilmalari, kreativ va media taşkilotlari vakillari bilan ham muloqotlar bölib ötgan.

Şerzod Asadovning ma’lum qilişiça, uçraşuvlarda muntazam professional muloqotni rivojlantiriş, matbuot xizmatlari, tahlil markazlari va jamoat taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, qöşma ta’lim tadbirlarini ötkaziş masalalari muhokama qilingan.

“Boşqaruv kadrlarini tayyorlaşga ixtisoslaşgan zamonaviy markaz – “Senej” boşqaruv ustaxonasi faoliyati bilan tanişuv katta qiziqiş uyğotdi.

Ötkazilgan uçraşuvlar tomonlarning media va kommunikatsiyalar sohasida oçiq muloqotga, tajriba almaşişga hamda qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyorligini tasdiqladi”, – dedi Asadov.