Jahon | 21:57 / 14.05.2016
8998
2 daqiqa o‘qiladi

Kazino egasi Trampning saylovoldi kampaniyasiga 100 mln dollar berishga va'da berdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp o‘zining saylovoldi kampaniyasiga qo‘shimcha 100 mln dollar berilishi bilan kafolatlandi.

Bu mablag‘larni AQShning eng boy odamlaridan biri, kazino egasi Sheldon Adelson taqdim qilmoqchi, deb xabar bermoqda The New York Times nashri.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp va Adelson joriy haftada uchrashishdi va qo‘shimcha xayr-ehsonlar haqida kelishib olishdi.

Bu yordam milliarderga juda asqatadi, chunki u shu paytgacha o‘z kampaniyasini shaxsiy mablag‘lari va tarafdorlarining kamtarona xayr-ehsonlari hisobiga moliyalashtirib kelmoqda. Yaqinda siyosatchi saylovoldi kampaniyasiga qo‘shimcha 1 mlrd dollar talab etilishi mumkinligini aytgandi.

82 yoshli Adelson Las-Vegasdagi Sands kazinosiga egalik qiladi va AQSh Respublikachilar partiyasining eng yirik homiysi hisoblanadi. U 2012 yilda partiya ehtiyojlari uchun 98 mln dollar ajratgan.   

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, magnat hozirda partiyaning Kongressdagi fraksiyasiga yordamni kamaytirib, barcha e'tiborini Trampga qaratishga qaror qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid