18 iyun kuni Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida AQŞ va Eron örtasida imzolangan memorandum amalda kuçga kirganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlaşiça, kelişuvga muvofiq, strategik ahamiyatga ega bölgan Hörmuz böğozi kemalar qatnovi uçun zudlik bilan oçiladi. Ayni paytda AQŞ tomonidan Eron portlariga nisbatan qöllab kelingan çeklovlar va blokada çoralari ham bekor qilinişi lozim.

Ma’lum qilinişiça, AQŞ prezidenti Donald Tramp va Eron prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon 17 iyun kuni özaro anglaşuv memorandumini imzolagan. Uşbu hujjat asosida keyingi 60 kun davomida tomonlar örtasida yakuniy tinçlik şartnomasi böyiça muzokaralar olib boriladi.

Şahboz Şarifning qayd etişiça, hujjat davlat rahbarlari tomonidan raqamli tarzda imzolangan bölsa-da, uning rasmiy tantanali imzolaş marosimi 19 iyun kuni Şveytsariyada ötkazilişi rejalaştirilgan.

Marosim Qatar kömagida Lyutsern şahri yaqinidagi Byurgenştok kurort majmuasida bölib ötadi. Pokiston tomoni bu tadbirni AQŞ va Eron munosabatlaridagi muhim bosqiç sifatida baholamoqda.

Pokiston boş vazirining sözlariga köra, mazkur uçraşuv yakuniy tinçlik kelişuvi böyiça texnik darajadagi muzokaralarga rasman start berişi kutilmoqda.

Ekspertlar fikriça, Hörmuz böğozining qayta oçilişi jahon energetika bozorlari uçun muhim ahamiyatga ega. Çunki dunyo neft eksportining katta qismi aynan mazkur dengiz yölagi orqali amalga oşiriladi.