Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp yakuniy kelishuv uchun Eronga 60 kun muhlat berdi
Aks holda biz bombardimonlarga qaytamiz, dedi Oq uy rahbari.
Agar tomonlar memorandum imzolanganidan keyin 60 kun ichida yakuniy kelishuvga erishmasa, AQSh Eronni bombardimon qilishni qayta boshlaydi, dedi Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp.
«60 kun ichida hammasi hal bo‘lmasa, hechqisi yo‘q. Biz bombardimonlarga qaytamiz. Bilasizmi, men buni qilishni xohlamayman, chunki hammasi juda yaxshi, lekin, ehtimol, buni qilishga to‘g‘ri keladi, chunki biz hech qachon ularga yadro quroliga ega bo‘lishga yo‘l qo‘ymaymiz», dedi Tramp Fransiyada bo‘lib o‘tgan G7 sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
AQSh va Eron 15 iyunga o‘tar kechasi tinchlik kelishuvlariga erishganini e’lon qildi. Tomonlar 19 iyun kuni Shveytsariyada memorandumni imzolashi kutilmoqda. Shundan so‘ng AQSh va Eron Eron yadroviy kelishuvi va boshqa masalalar bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kerak.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026