Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi doirasida 19ta fuqarolar yig‘inida saylovlar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining joriy yil 5 martdagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Navoiy viloyatida ham fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi yuksak saviyada o‘tkazilmoqda.
Ayni paytga qadar viloyatdagi 19 fuqarolar yig‘inida raislar va ularning maslahatchilari saylovi bo‘lib o‘tdi. Navbahor tumanidagi “Mehnat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi ham ochiqlik, oshkoralik va muqobillik asosida o‘tkazildi.
"Prezidentimiz rahnamoligida mahalla institutining nufuzini yanada yuksaltirish, uning vazifa va vakolatlari doirasini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Rais va uning maslahatchilari lavozimiga katta hayotiy tajribaga ega, tashabbuskor va aholining hurmat-ishonchiga sazovor bo‘lgan munosib nomzodlar saylanmoqda", deydi fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha viloyat shtabi rahbari Sanjar Turobov.
“Mehnat” mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga 3 nafar nomzod orasidan Bekmurod Toshev saylandi. Muqobillik asosida maslahatchilar lavozimiga ko‘rsatilgan 18 nomzod orasidan 9 nafari ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylangan.
Mavzuga oid
15:20 / 05.02.2026
Rossiya MSK: Davlat dumasiga saylovlar 20 sentabrda bo‘lib o‘tadi
16:57 / 28.01.2026
Navoiyda oltin qazish faoliyati bilan noqonuniy shug‘ullanib kelgan guruh ushlandi
14:35 / 26.01.2026
Myanmada harbiy xunta tashkil etgan saylovlar yakunlandi
15:31 / 24.01.2026