Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 iyun kuni mahallalar faoliyatini raqamlaştiriş va Mahallani rivojlantiriş milliy institutini taşkil etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Taqdimotda mahallalarni qöllab-quvvatlaş uçun Respublika mahalla jamğarmasiga yana 200 milliard söm ajratilgani ma’lum qilindi. Şuningdek, mahallalar uçun 300 milliard sömdan ziyod qöşimça doimiy daromad manbalari yaratilmoqda.
Jumladan, mahalla hududida sanitariya va noqonuniy quriliş böyiça jarimalarning bir qismi mahalla budjetlariga yönaltiriladi. Yer va mol-mulk soliğidan tuşadigan tuşumlarning uluşi 10 foizdan 15 foizga oşiriladi. Böş maydonlarni ijaraga beriş va ayrim binolarni sotişdan tuşadigan mablağlar ham mahallaning özida qoldiriladi.

Uşbu mablağlar birinçi navbatda içki yöllarni ta’mirlaş, piyodalar yölakçalarini taşkil qiliş, bolalar va sport maydonçalarini quriş, mahalla boğlarini barpo etiş, ehtiyojmand oilalar bandligini ta’minlaş böyiça dasturlarni amalga oşirişga yönaltiriladi.
Şu bilan birga, jinoyat yöliga adaşib kirib qolgan 245 ming fuqaroni kasb va hunarga öqitiş, ularni ijtimoiy hayotga qaytariş böyiça alohida işlar taşkil qilinadi.
Taqdimotda mahallalar faoliyatini raqamlaştiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. “Mahalla yettiligi” tomonidan uyma-uy örganişlar davomida 1 million 365 ming nafar aholining muammolari aniqlangani qayd etildi.
Uşbu muammolarni tezkor hal qiliş maqsadida 35 ta vazirlik va idoraning axborot tizimlari “Raqamli mahalla” platformasiga ulanadi. Platforma orqali mahalladagi dolzarb masalalarni aniqlaş, murojaatlarni tizimli tahlil qiliş va tegişli yeçimlarni tezkor belgilaş imkoni yaratiladi.

Şuningdek, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etiş orqali har bir mahalladagi eng dolzarb muammolarni oldindan aniqlaş va ularni bartaraf etiş böyiça yangi tizim yölga qöyiladi.
Har bir mahallaning öziga xos xususiyatidan kelib çiqib, banklar bilan birgalikda aholining biznes taşabbuslari va investitsiya loyihalari portfeli şakllantiriladi. Bu mahalladagi mavjud imkoniyatlarni iş örni va daromad manbaiga aylantirişga xizmat qiladi.


















