LG OLED TV televizorlari – yuqori sifatli tasvir
Organik svetodiodlarning yaratilishi texnologiya olamida, ayniqsa, televizor ishlab chiqarishda katta yutuq bo‘ldi. OLED ranglarni yanada yorqinroq qiladi, deyarli ko‘z ilg‘amaydigan o‘ta ingichka ramkasi tufayli tasvir maksimal darajada katta ko‘rinadi. Sevimli videotasmangiz ko‘z o‘ngingizda yangicha bo‘yoqlarda, filmlar esa yuqori darajali sifatda namoyon bo‘ladi.
O‘ta aniq tasvir, tim qora, rang-barang palitra, mukammal ovoz va kafolatlangan mavjudlik effekti – televizorni yoqar ekanmiz, har birimizni ajoyib taassurotlar hamda yoqimli his-tuyg‘ular qamrab oladi. Nihoyatda nozik va zamonaviy LG OLED 4K televizori tasvirning yangi sifat darajasini taklif qiladi va shu bilan birga ovoz, rang hamda tasvirlarning g‘aroyib dunyosini kashf qiladi.
Televizorlarda LG OLED texnologiyasini qo‘llashning bir qancha afzalliklari bor. Birinchidan, har qanday OLED-displey LCD yoki “plazma” energiya iste'molli televizorlarga qaraganda ko‘proq kontrast va yorqinlik bilan ta'minlaydi. Ikkinchidan, OLED-displey har qanday, hattoki eng zamonaviy LCD displeyidan ancha yupqa – OLED’ning qalinligi bir necha millimetr xolos. LG OLED TV 4K – asl san'at asari, u haqiqatdan ham ajoyib! Elegant ekran, o‘ta yupqa panel va billur podstavka sabab yengil, suzib yuruvchi effektni beradi.
Qora rangga keladigan bo‘lsak, uning mukammaliigi siri quyidagicha: OLED-panel bosim berilganda yonadigan uglerod asosli organik tasmaga yo‘g‘rilgan piksellardan iborat. Elektron impulslarning organik birikmalardan o‘tkazilishi svetodiodlarning yorqin shu'lasini keltirib chiqaradi. Turli lyuminoforlarning ishlatilishi belgilangan rangning nurini chiqarish imkonini beradi. Shu tariqa qizil, ko‘k va yashil organik svetodiod nurlarni birlashtirib, ko‘plab sifatli ranglarni chiqarish mumkin. Nurtalab LCD-ekranlardan farqli o‘laroq, OLED pikselllar mustaqil ravishda yonadi. Shu bois piksel o‘chgan vaqt u tim qora bo‘lib qoladi va natijada biz qop-qora rangga ega bo‘lamiz, bunda u yorqinlik, kontrast va tiniqlikni o‘zida saqlab qoladi.
Yanada aniq ranglarni uzatish uchun LG ishlab chiqaruvchilari qizil, yashil va ko‘k subpiksellarga ega standart RGB modeliga to‘rtinchi - oq rangni qo‘shishdi. 4K Ultra HD ekranida deyarli 8,3 million piksel bo‘lib, ularning har biri toza va tiniq rang – tim qora rangdan to billur-oq ranggacha tasvirlarni uzatadi.
webOS 2.0 operatsion tizimi televizorni boshqarishni avvalgi versiyasiga qaraganda 60 foizga tezlashtiradi. Menyu intuitiv, interfeys bo‘yicha navigatsiya haqiqatdan ham tezroq amalga oshiriladi. Animatsiya va dasturlarning ishga tushirilishi bir zumda sodir bo‘ladi.
Ekran yupqaligiga qaramay, televizor ulanish uchun ko‘p imkoniyatlarga ega, unga dinamikalar o‘rnatilgan bo‘lib, bu televizorni bemalol devorga mahkamlasa bo‘ladi. Birikmalar HDMI’ga uch xil kirish (ulardan ikkitasi 4K / 60p tasvirni qayta ishlashi mumkin), uchta USB porti, optik chiqish va analog birikmani o‘z ichiga olgan.
Mavzuga oid
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
18:46 / 05.09.2023
Bolalar uchun mo‘ljallangan Kivi Kids TV televizori taqdim etildi
22:37 / 20.01.2023
Belarusda shaffof televizor yaratildi
09:23 / 15.11.2022