Janubiy Koreyaning Samsung, LG Electronics va Hyundai kompaniyalari Rossiya—Ukraina uruşini töxtatiş böyiça ötkazilayotgan muzokaralar fonida RF bozoriga qaytiş imkoniyatlarini körib çiqmoqda, deb yozadi The Korea Times.

Gazeta ma’lumotlariga köra, LG Moskva oblastida joylaşgan zavodi faoliyatini qisman tiklagan. Rossiyaning «Rusbeys» naşri ham bir neça kun oldin öz manbalariga tayanib, bu haqda xabar bergandi. LG vakillarining ta’kidlaşiça, iş faoliyatining qayta tiklanişi «uruş boşlanganidan beri turib qolgan işlab çiqariş quvvatlari yemirilişining oldini oliş» bilan boğliq. Zavodga yangi yetkazib berişlar amalga oşirilmagan, u yerdagi mavjud materiallardan foydalanilgan.

LG Electronics boş direktori Ço Ju Vanning ma’lum qilişiça, kompaniya «hali uruş tugamagani uçun ehtiyotkorlik bilan harakat qilmoqda». Ammo u «vaziyatni diqqat bilan kuzatib borişayotgani, sanksiyalar yeçilişi bilan işlar qayta tiklanişi»ni qöşimça qilgan.

Naşrning qayd etişiça, Hyundai ham Rossiyaga qaytiş imkoniyatini örganib çiqmoqda. Hyundai Motor Group rasmiy vakilining ma’lum qilişiça, «qaror hali qabul qilinmagan, kompaniya vaziyat rivojini kuzatmoqda».

Samsunğning Rossiya bozoriga qaytiş imkoniyatiga oid tafsilotlarni esa naşr keltirmagan.

Mart örtalarida The Bell naşri Rossiya—Ukraina uruşi boşlanganidan keyin RFdan çiqib ketgan Ğarb kompaniyalari örtasida sörovnoma ötkazib, ularning uşbu bozorga qaytişi bilan qiziqqan edi. Jurnalistlar 60 dan ortiq xorij kompaniyasiga sörov yuborgan. Ularning 21 tasi javob qaytargan bölib, heç biri Rossiyaga qaytiş rejasini tasdiqlamagan.