Jahon | 07:58 / 09.06.2016
15977
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonning birinchi prezidenti Kahhor Mahkamov vafot etdi

Foto: Wikipedia

Tojikistonning birinchi prezidenti Kahhor Mahkamov 8 iyunda 85 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Siyosatchi uzoq davom etgan kasallikdan keyin vafot etdi.

Mahkamov bilan vidolashish va dafn marosimi Dushanbeda 9 iyunda bo‘lib o‘tadi. U "Sari Osiyo" qabristoniga dafn etiladi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

Kahhor Mahkamov – Sobiq ittifoq va tojik siyosiy va davlat arbobi, Tojikiston SSR vzirlar kengashi raisi, Tojikiston Kompartiyasi MQ birinchi kotibi, Tojikiston SSR Oliy kengashi raisi, Tojikistonning birinchi prezidenti.  

Mahkamov 1990 yil 30 noyabrda umumxalq saylovida prezident etib saylangan. 1991 yil 31 avgustda o‘z lavozimidan ketgan. U iste'foga ketgach Tojikiston parlamentining umrbod a'zosi hisoblangan. Mahkamov, shuningdek, Tojikistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi vakili hamda bu ittifoqqa a'zo davlatlar kiruvchi  iqtisodiy siyosat bo‘yicha komissiya raisi bo‘lgan.

Mavzuga oid