Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemalada mamlakatning sobiq ichki ishlar va mudofaa vazirlari qo‘lga olindi
Gvatemalada mamlakatning sobiq ichki ishlar va mudofaa vazirlari qo‘lga olindi. Ular sobiq prezident Otto Peresa Molina atrofida korrupsiya bilan shug‘ullanishgan. Bu haqda Gvatemala bosh prokurori Telma Aldana ma'lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Maurisio Lopes Bonilya va Manuel Lopes Ambrosio davlat hisobidan fond ochib, unga sobiq prezidentga o‘ta qimmatbaho sovg‘alar olish uchun pul o‘tkazmalari qilib turishgan. Gap 2012-2014 yillarda sotib olingan qimmat qayiqlar, uylar va vertolyotlar haqda bormoqda, deb xabar bergan Meksikaning Televisa kanali.
Gvatemalada mamlakatning yuqori lavozimli shaxslarini hibsga olish to‘lqini 8 iyuldan boshlandi. Bunga sobiq prezidentning noqonuniy moliyalashtirish ishlarini tekshirishdan so‘ng qaror qilingan.
Mavzuga oid
21:17 / 11.07.2025
Gvatemala sohillarida 2,5 tonna kokain ortilgan suvosti kemasi to‘xtatib qolindi
21:04 / 30.05.2025
Gvatemaladan mayyalarning salkam 3 ming yillik shahri xarobalari topildi
00:49 / 11.02.2025
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi
18:21 / 08.11.2024