Gvatemala prokuraturasi fuqarolik uruşi vaqtidagi qirğinlari uçun mamlakat Qurolli Kuçlari Boş ştabining sobiq boşliği general Benedikto Lukas Garsiyani 2860 yilga ozodlikdan mahrum etişni söradi, deb xabar beradi La Republica.
5 aprel kuni boşlangan yakuniy sud jarayonida prokuror Mersedes Morales suddan Garsiyani genotsid böyiça aybdor deb topib, uni 30 yilga qamoqqa hukm etişni söragan edi. Şuningdek, u generalni insoniyatga qarşi jinoyatlari uçun yana 30 yilga hamda 70 kişining yöqolişiga aloqador bölgani uçun 2800 yilga ozodlikdan mahrum etişni söragan. Bu kabi jazo muddatlari söralganiga qaramay, Gvatemala qonunlariga köra, mamlakat fuqarosi uzoği bilan faqat 50 yilga qamalişi mumkin.
«Ayblanuvçining maqsadi uruş paytida [harbiylar] «içki duşman» deb hisoblagan Mayya iksil xalqini yöq qiliş bölgani aniqlandi», — deydi prokuror armiya ştabining sobiq boşliği haqida.
92 yoşli general akasi Romeo Lukas Garsiya prezident bölgan davrda — 1978-1982 yillar davomida partizanlarni qöllab-quvvatlaşda ayblangan 1,2 mingdan ortiq tub aholining qirib yuborilişiga aloqadorlikda sudlanmoqda.
Yetti oydan beri davom etayotgan sud jarayonlarida harbiy hujjatlar, ekspertlarning sud-tibbiy xulosalari va omon qolganlarning körsatmalari körib çiqildi. Sud keyingi hafta hukm çiqarişi kutilmoqda.













