Gvatemalda yölovçi avtobus iştirokida yuz bergan yöl-transport hodisasi oqibatida kamida 51 kişi halok böldi, deb xabar beradi Reuters.
Agentlik ma’lumotlariga köra, avtobus San-Agustin-Akasaguastlan şahridan mamlakat poytaxti tomon harakatlanayotganida köprikdan jarlikka qulagan.

Mahalliy naşrlarning yozişiça, hodisa avtobus haydovçisi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yuz bergan. Avtobus bir neçta avtomobil va köprikning metall panjaralariga urilgan, söng daryo oqib ötuvçi jarlikka qulagan.


Hodisa joyidan olingan suratlardan köriş mumkinki, avtobusni qisman suv bosgan. Taxminlarga köra, avariyaga avtobusning tormoz tizimidagi nosozlik sabab bölgan.
Fojia oqibatida 36 nafar ayol va 15 nafar erkak halok bölgan. Gvatemalada uç kunlik milliy motam e’lon qilindi.













