Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda uchuvchisiz parvoz qurilmasi birinchi marta kemadan sohilga tibbiy jo‘natmani yetkazdi
AQShning Nyu-Jyersi shtatida Nevadaning Flirtey startapi ochiq dengizdagi kema bortidan sohilga tibbiy jo‘natmani yetkazdi, deb xabar bermoqda Fortune.
Parvoz orqali dronlarning tibbiy anjomlarni yetib borish qiyin bo‘lgan joylar, misol uchun, tabiiy ofatlar vaqtida yetkazish bo‘yicha imkoniyatlari sinaldi.
Sinov tashkilotchilaridan biri Timoti Akukele The Guardian nashriga tibbiy namunalarni Amazon’dagi poyafzallardan ko‘ra yetkazish qiyinligini, chunki ular juda ehtiyotkorlikni talab qilishini aytdi.
Doktorning aytishicha, sinovlar bu sohada dronlarning imkoniyatlaridan nimalarda foydalanish mumkinligini anglashga imkon beradi.
"Sendi bo‘roni kabi tabiiy ofatda dronlar tibbiy vositalar, suv va yegulikni tezkorlik bilan yetkazib beradigan kelajakni tasavvur qiling. Ushbu sinov bu kelajakni haqiqatga aylantirishga yordam beradi", deb aytdi startap rahbari Mett Suini.
Bu Flirtey’ning birinchi yutug‘i emas, mart oyida dron Nevadadagi Xotornda pochta yetkazmasini amalga oshirgandi.
Foto: fortune.com
Mavzuga oid
10:00 / 09.06.2026
Eng yaxshi AI startaplar Prezident sovrini uchun kurashadi
18:43 / 29.05.2026
Anthropic kompaniyasi OpenAI’ni ortda qoldirib, eng qimmat sun’iy intellekt startapiga aylandi
16:04 / 20.01.2026
Imkon Ventures ta’lim va fintex startaplarga investitsiya kiritdi
07:34 / 16.01.2026