Şunday qilib, Anthropic özining eng yaqin raqibi - ChatGPT işlab çiqaruvçisi OpenAI kompaniyasini ortda qoldirdi (uning sönggi investitsiya raundidagi bahosi 852 milliard dollarni taşkil etdi) va sun’iy intellekt sohasidagi eng qimmat startapga aylandi.

Anthropic uçun, The Hill ta’kidlaganidek, bu keskin sakraşdir: uç oy oldin kompaniya 380 milliard dollarlik baholaşda 30 milliard dollar jalb qilgan edi.

Anthropic ham, OpenAI ham 2026 yilda IPO qilişni rejalaştirmoqda. Ularning yana bir eng yaqin raqibi Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi allaqaçon birlamçi joylaştiriş uçun ariza topşirib, sun’iy intellekt gigantlari uçligining birinçisi böldi. 1,25 trillion dollarga baholangan SpaceX Uoll-strit birjasi tarixidagi eng yirik IPO bölişi kutilmoqda.