Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT Suriyaning Mazoya shahriga ocharchilik qaytishidan ogohlantirmoqda
BMT, Suriyaning Mazoya shahriga yaqin orada gumanitar yordamlar va oziq-ovqat yetkazilmasa, aholi punkti ocharchilik girdobiga qaytishi mumkin, deya bong urmoqda. Bu haqda, BMT bosh kotibining doimiy vakili Farxan Xaq ma'lum qilgan.
"BMT va uning hamkorlari, Suriyaning Zabadaniy, Fua, Mazoya va Kefraya shaharlaridagi 62 ming kishiga ochlik taxdid solmasligi uchun mazkur hududlarga zudlik bilan oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa mahsulotlarni yetkazish lozim", — degan Haq.
BMTning ushbu shaharlarga so‘nggi insonparvarlik yordamlari aprel oyi oxirida keltirilgan edi.
"Yordamni ortga surish, shu yil boshida Mazoya shahrida yuz bergan ocharchilikni takrorlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. O‘shanda, bir necha kishi ochlik qurboni bo‘lgan edi", — deb bayonot bergan BMT doimiy vakili.
Ayni chog‘da, BMT 28 iyun kuni Halabning Shayx Maqsud tumanida istiqomat qiluvchi 27 ming kishi uchun gumanitar karvon yuborgan.
Foto:© AP Photo
Mavzuga oid
20:09 / 21.05.2026
BMT Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikiston tayyorlagan rezolyutsiyani qabul qildi
08:50 / 20.05.2026
Vashington: BMT tahdidlar uchun joy emas
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:54 / 25.04.2026