Butun dunyo böylab ta’qiblar, qurolli mojarolar, zöravonlik va inson huquqlarining buzilişi oqibatida öz uyini tark etişga majbur bölganlar soni 118 million nafarga yetdi. Bu haqda BMTning Qoçqinlar işlari böyiça oliy komissari boşqarmasi (UNHCR) tomonidan e’lon qilingan yangi hisobotda ma’lum qilindi.
Hisobotga köra, 2026 yil boşida Yer yuzidagi har 70 nafar aholidan biri majburiy köçkinçi maqomida bölgan. Şu bilan birga, sönggi ön yillikda ilk bor majburiy köçkinçilar soni qisqargani qayd etildi. Xususan, ularning umumiy soni 5,4 million nafarga yoki 4 foizga kamaygan.
BMT mutaxassislariga köra, bunday özgarişga asosiy sabab — köplab odamlarning öz mamlakatlaridagi vaziyat hanuz oğir bölişiga qaramay, vatanlariga qaytişni boşlaganidir. Afğoniston, Kongo Demokratik Respublikasi, Sudan va Suriya şunday davlatlar qatorida tilga olingan.
Ma’lumotlarga köra, majburiy köçkinçilarning 35,6 million nafari qoçqin maqomiga ega bölsa, 68,7 million nafari mamlakat içida boşqa hududlarga köçişga majbur bölgan şaxslar hisoblanadi.
Şuningdek, boşpana sörab murojaat qilgan va qaror kutayotganlar soni ham ösişda davom etmoqda. 2026 yil boşiga kelib ularning soni qariyb 9 million nafarga yetgan bölib, bir yil içida 645 ming nafarga köpaygan.
Hisobotda 2026 yilning dastlabki oylarida yuz bergan ayrim voqealar, jumladan, AQŞ va Isroilning Eronga qarşi harbiy harakatlari oqibatidagi migratsiya jarayonlari hisobga olinmagani ta’kidlangan. Şuningdek, tabiiy ofatlar, iqlim özgarişi yoki iqtisodiy qiyinçiliklar tufayli yaşaş joyini tark etgan şaxslar mazkur statistikaga kiritilmagan.
BMT ma’lumotlariga köra, majburiy köçkinçilarning qariyb 70 foizi beş yil yoki undan ortiq vaqt davomida qoçqin maqomida yaşamoqda. Taşkilot mutasaddilari bu holatni jiddiy muammo sifatida baholab, uruş va ta’qiblardan qoçayotgan insonlarga yangi imkoniyatlar va kelajakka işonç berişga qaratilgan yondaşuvlar zarurligini ta’kidlamoqda.












