El-Nino — Tinç okeanining markaziy va şarqiy qismlarida suv haroratining davriy ravişda me’yordan yuqori kötarilişi bilan boğliq iqlim hodisasi hisoblanadi. Odatda u 9 oydan 12 oygaça davom etadi va butun dunyo iqlimiga ta’sir körsatişi mumkin.
Jahon meteorologiya taşkiloti ma’lum qilişiça, hozirgi paytda okean suvlarining isişi El-Ninoning şakllanişi uçun qulay şaroit yaratmoqda. Taşkilot hisob-kitoblariga köra, iyun–avgust oylarida dunyoning aksariyat hududlarida harorat örtaça körsatkiçlardan yuqori bölişi kutilmoqda.
WMO boş kotibi Selesta Sauloning ta’kidlaşiça, El-Nino qurğoqçilik va kuçli yoğingarçiliklarni kuçaytirişi, şuningdek, quruqlik va okeanlarda issiq tölqinlari xavfini oşirişi mumkin.
Uning sözlariga köra, hozirdanoq ehtimoliy kuçli El-Nino oqibatlariga tayyorgarlik köriş muhim ahamiyatga ega.
Mutaxassislar prognozlariga köra, El-Nino ta’sirida Janubiy Amerikaning janubiy qismi, AQŞning ayrim hududlari, Afrika mamlakatlari va Markaziy Osiyoda yoğingarçilik miqdori ortişi mumkin.
Aksinça, Avstraliya, Markaziy Amerika, Indoneziya hamda Janubiy Osiyoning ayrim qismlarida qurğoqçilik xavfi kuçayişi ehtimol qilinmoqda.
Şuningdek, Tinç okeanining markaziy va şarqiy qismlarida El-Nino tropik böronlar va kuçli dovullar şakllanişi uçun qulay muhit yaratişi mumkin.
Ekspertlar ekstremal issiqlikning soğliq uçun xavflariga ham e’tibor qaratmoqda. Issiq ob-havo çivin va kana orqali yuqadigan kasalliklarning kengayişiga, oziq-ovqat va içimlik suvi zaxiralarining qisqarişiga sabab bölişi mumkin.
Ayrim milliy meteorologiya xizmatlari bu galgi El-Nino sönggi ön yillikdagi eng kuçli hodisalardan biri bölişi mumkinligini bildirmoqda. WMO bunga nisbatan ehtiyotkor yondaşmoqda, ammo taşkilot tropik Tinç okeanida suvning yuza osti qatlamlari harorati me’yordan 6 daraja Tselsiydan ortiq yuqori ekanini qayd etdi.
Mutaxassislar fikriça, aynan şu katta issiqlik zaxirasi yaqin oylarda okean yuzasi haroratining yanada oşişiga va El-Nino ta’sirining kuçayişiga xizmat qilişi mumkin.
BMT kuçli El-Nino haqida ogohlantirdi
13:15 / 08.06.20265 5963 min
Jahon meteorologiya taşkiloti (WMO) yaqin oylarda El-Nino iqlim hodisasi tufayli dunyo böylab haroratning yanada oşişi, kuçli qurğoqçilik, sel-suv toşqinlari va issiq tölqinlari kuzatilişi mumkinligidan ogohlantirdi. Mutaxassislar hukumatlar va aholini ehtimoliy ekstremal ob-havo hodisalariga tayyor turişga çaqirmoqda.

















