Jahon | 14:26 / 29.06.2016
15970
2 daqiqa o‘qiladi

Istanbul aeroportida halok bo‘lganlarning 28 nafari shaxsi aniqlandi

Istanbuldagi Otaturk aeroportida yuz bergan terakt oqibatida halok bo‘lgan 36 kishidan 28 nafarining shaxsi aniqlashtirildi. Bu haqida NTV telekanali xabar qildi. 

Ulardan 23 nafari - Turkiya fuqarolari, 13 nafari xorijlik. Ulardan biri - Ukraina fuqarosi, yana biri eronlik. 13 jasad marhumlarning qarindosh-urug‘lariga topshirilgan. 

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 147 kishi jarohatlangan.

Turkiyadagi nashrlar tomonidan tarqatilgan 180 nafar kishining jabr ko‘rgani to‘g‘risidagi ma'lumot tasdiqlanmadi. Jarohat olganlar orasida Rossiya fuqarosi ham bo‘lgan, u o‘zini Aleksandr Vladimirovich Lubnin deb tanishtirgan. 

29 iyunga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da Istanbul shahridagi Otaturk nomli xalqaro aeroportga terrorchilar hujum uyushtirdi. Aeroportga kirish, chiqish va avtomobillar to‘xtash joyida uch marta portlash sodir etilgan.

Aeroport evakuatsiya qilindi va bir necha soatga yopib qo‘yildi. Hozirgi vaqtda u kundalik tartibi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim mazkur hujum uchun IShIDni aybladi. Tashkilotning o‘zi hozircha javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. 
 

Mavzuga oid