Özbekistonlik 6 yoşli bola Istanbulda baxtsiz hodisa oqibatida halok böldi. Bu haqda Özbekistonning Istanbuldagi boş konsulxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, baxtsiz hodisa 8 iyun kuni Istanbul şahrining Fotih tumani, Laleli mavzesidagi tramvay bekatida yuz bergan. Yaqinlari bilan sayohatga kelgan voyaga yetmagan bola tramvaydan tuşganidan söng bekat va relslar oraliğida qisilib qolgan. U transport vositasining harakatlanişi oqibatida oğir tan jarohati olib, voqea joyida hayotdan köz yumgan.

Hozirda Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Boş konsulxona marhumning oila a’zolari va yaqinlariga zarur konsullik-huquqiy kömak körsatiş çoralari körilayotganini bildirdi.

Şuningdek, boş konsulxona ota-onalarga Istanbulda jamoat transporti serqatnovligini inobatga olgan holda voyaga yetmagan farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslikni va ular xavfsizligiga alohida e’tibor qaratişni tavsiya qilgan.