Jahon | 15:09 / 29.06.2016
11918
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Turkiya hukumati teraktni amalga oshirishda xorijliklardan gumon qilmoqda

Turkiya hukumati Istanbuldagi Otaturk aeroportidagi teraktni xorijliklar amalga oshirganini gumon qilmoqda. Bu haqida Cumhuriyet gazetasi xabar qildi. 

Manbaga ko‘ra, teraktni amalga oshirgan terrorchilarning jasadi qoldiqlari o‘rganib chiqilmoqda. Shunga qaramay, ularning shaxsi xali aniqlanmagan. 

Xalqaro munosabatlar bo‘yicha Federatsiya Kengashi qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev biroz avval Istanbul aeroprtidagi terakt Turkiya hukumatining Rossiya va Isroil bilan aloqalarini tiklash harakatlariga qarshi yo‘naltirilganini ma'lum qildi. 

28 yun kuni Istanbuldagi Otaturk aeroportida terrorchilar tomonidan uchta portlash sodir etildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida 43 nafar kishi halok bo‘lgan va yana ko‘plab odamlar turli tan jarohatlari olishgan. 
 

Mavzuga oid