Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekinda yuqori lavozimli partiya jurnalisti o‘z joniga qasd qildi
Xitoy kommunistik partiyasi "Tsyushi" jurnali bosh redaktori o‘rinbosari Chju Techju o‘z joniga qasd qilgani oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. China Daily nashrining yozishicha, jurnalistning jasadi ishxonasidagi garajdan topilgan.
Chju Techju suratiga berilgan izohda, u 24 iyundan ishga kelmagani ta'kidlangan. 56 yoshli Chju o‘sha kuni ertalab uydan chiqib ketib, taxminan kechga borib o‘z joniga qasd qilgan.
"Tsyushi" jurnalida 30 yil ishlagan Chju Techju mashhur esse yozuvchisi bo‘lgan. Uning qalamiga mansub ikki mingdan ortiq materiallardan bir qismi maxsus to‘plamlarda ham chop etilgan.
Chju Techju 16 iyunda bo‘lib o‘tgan amaliy seminarda so‘nggi marotaba ma'ruza qilgan. Hozircha, suiqasd sabablari haqida ma'lumotlar yo‘q.
Mavzuga oid
22:01 / 23.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Si Jingpingga hamdardlik bildirdi
12:04 / 23.05.2026
Xitoyda ko‘mir konidagi portlash oqibatida kamida 90 kishi halok bo‘ldi
10:31 / 22.05.2026
Xitoy O‘zbekistondan 10 turdagi quritilgan sabzavotlarni olib kirishga ruxsat berdi
21:56 / 20.05.2026