09:34 / 07.07.2016
9027

XXR Janubiy-Xitoy dengizi bo‘yicha suveren ekanini AQShga eslatib qo‘ydi

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I, AQShga XXRning Janubiy-Xitoy dengizidagi hududiy tortishuvlariga aralashmaslikni tavsiya etdi, deb xabar qilmoqda «Sinxua».

«O‘ylaymizki, Amerika tomoni hududiy kelishmovchiliklarda bir tomonning yonini olmaslik borasida olgan majburiyatini bajaradi. Ularning harakati va so‘zlari ehtiyotkorlikni aks ettiradi hamda Xitoy suvereniteti va xavfsizligini buzuvchi biron qadam tashlamaydi», — degan Xitoy bosh diplomati AQSh davlat kotibi Jon Kerri bilan telefon orqali muloqotida. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Xitoy Janubiy-Xitoy dengizida BMT nizomi va xalqaro huquq me'yorlari asosida harakat qilmoqda. 

Jon Kerri, o‘z navbatida «Xitoyning qarashini to‘g‘ri qabul qilishini bildirib, mintaqadagi barcha manfaatdor tomonlarni bosiqlikka chaqirgan».
 

Top