Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Belgiyalik egizak aka-ukalar 103 yoshni qarshi olishdi
Belgiyaning eng yoshi ulug‘ egizaklari 8 iyul kuni o‘zlarining 103-tavallud ayyomlarini nishonlashdi. Piter va Paulus Langerok umrlarining katta qismini birga yashab o‘tkazishdi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi.
Egizak aka-ukalar oila qurishmagan va ba'zan bundan afsuslanishadi, chunki ularning na farzandi va na nevarasi bor. Langeroklar avval sud xodimlari sifatida faoliyat yuritishgan, hozir esa ular Belgiyadagi Gent shahri yaqinidagi qariyalar uyida istiqomat qilishadi. Ular bir-birlarini eng yaxshi do‘st deb hisoblashadi.

Piter va Paulus Langeroklar o‘z ayyomlarini fransuz qizil vinosi bilan nishonlashdi.
Ular eng ko‘p yashagan egizaklar jahon rekordidan o‘tishiga atigi 2 yil qoldi. Hozircha bunday natija 105 yil birgalikda hayot kechirgan AQShlik egizak aka-ukalar - Glen va Deyl Moyyerlarga tegishli.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
17:30 / 06.04.2026