Samarqand viloyati Urgut tumanida tuğilgan Özbekiston fuqarosi V.A. Niderlandiyada quriliş sohasida mehnat faoliyatini olib borayotgan vaqtda soğliğida jiddiy muammolar yuzaga kelgan. Ma’lum qilinişiça, ötkir tiş infeksiyasi paytida öz vaqtida malakali tibbiy yordamga murojaat qilinmagani oqibatida oğir yalliğlaniş jarayoni kelib çiqqan.

Fuqaro Bryussel şahri orqali Özbekistonga qaytiş vaqtida ahvoli keskin yomonlaşgan va zudlik bilan Sent-Lyuk universitet klinikasiga yotqizilgan. Şifokorlar bemor ahvolini kritik deb baholagan.

Klinika mutaxassislari tomonidan ikkita murakkab jarrohlik amaliyoti ötkazilgan. Uzoq vaqt davomida bemor sun’iy nafas oldiriş apparatiga ulangan holda jonlantiriş bölimida davolangan.

Fuqaro şifoxonaga yotqizilgan ilk kunlardan boşlab Özbekiston elçixonasi xodimlari bemorning qarindoşlari, şifokorlar va klinika ma’muriyati bilan doimiy aloqada bölgan. Elçixona tomonidan zarur konsullik va taşkiliy yordamlar körsatilib, uning davolanişi hamda keyinçalik Vatanga qaytişi töliq nazorat qilingan.

Belgiya şifokorlarining yuqori malakasi, tezkor tibbiy yordam va özbek diplomatlarining amaliy kömagi tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolindi.

Hozirda V.A. Özbekistonda bölib, oilasi bağrida soğliğini tiklaş va davolanişni davom ettirmoqda.