Jahon | 11:00 / 10.07.2016
3267
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada parlamentning yuqori palatasiga saylovlar boshlandi

Arxiv foto / Getty images

Yaponiyada mamlakat parlamentining yuqori palatasi – maslahatchilar palatasiga saylovlar boshlandi. Bu haqda NHK telekanali xabar bermoqda. 

242 o‘rinlik palatada ushbu bosqichda 121 nafar vakil qayta saylanadi. Bu o‘rinlarga 389 deputat da'vogarlik qilmoqda.

Ayni vaqtda 116 deputatlik o‘rni Liberal-demokratik partiyaga, 64 tasi muholif Demokratik partiyaga tegishli. Qolgan o‘rinlarni esa Komeyto partiyasi egallamoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid