Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyadagi jazirama harorat 7,5 ming kishini og‘ir ahvolga soldi, 14 nafarining esa hayotiga zomin bo‘ldi
Yaponiyada so‘nggi ikki hafta ichida kamida 7,5 ming kishi issiq urishi natijasida shifoxonaga yotqizildi, ulardan 14 nafari hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqida mamlakatda FVV va tez yordam vazifasini ham bajaruvchi Yong‘in bosh boshqarmasi xabariga asoslanib, TASS ma'lum qildi.
Boshqarma xabariga ko‘ra, Yaponiyada aprelning oxiridan buyon deyarli 15 ming kishi jazirama tufayli shifoxonaga tushgan.
Yaponiyada iyun oyi oxiridan boshlab favqulodda issiq harorat kuzatilmoqda. Mamlakatning markaziy hududlarida termometr ba'zan 37 darajadan yuqorini ko‘rsatmoqda. Shu bilan bir vaqtda janubi-g‘arbiy prefekturalarda g‘ayritabiiy kuchli yomg‘irlar yog‘moqda, bu esa ko‘chki va suv toshqinlarini keltirib chiqarmoqda.
Yaponiyaning metereologik boshqarmasi bu yil Tinch okeanidagi El-Nino va La-Ninya iqlim fenomenlari ta'siri ostida yozning o‘ta issiq kechishi haqida ogohlantirmoqda. Iyulning oxiri va avgust oyi boshlarida mamlakatda issiqning eng avjiga chiqqan davri bo‘lishi kutilmoqda.
O‘tgan yili Yaponiyada jazirama harorat tufayli 100 nafardan ortiq kishi halok bo‘lgan, 53 ming kishi esa shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026
Talaba vizasining muddati tugagan o‘zbekistonlik Yaponiyadan deportatsiya qilindi
18:54 / 05.06.2026