Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh suriyaliklarga 439 million dollar gumanitar yordam puli ajratadi
AQSh ko‘p yillik urush natijasida jabr ko‘rgan Suriya aholisiga va qochqinlarga gumanitar yordam berish uchun yana 439 million dollar ajratadi. Bu haqida davlat departamenti ma'lumotiga tayanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, nizolar boshlangan 2011 yildan buyon Amerikaning suriyaliklarga ko‘rsatayotgan yordami 5,6 milliard dollarni tashkil qiladi.
Mazkur yordam puli BMT, boshqa xalqaro va nodavlat tashkilotlar operatsiyalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Mablag‘ning bir qismi qochqinlarni o‘z hududida qabul qilib olayotgan Suriyaga qo‘shni mamlakatlarga yordam tariqasida beriladi.
Davlat departamentida ta'kidlanishicha, Suriya aholisi ham "Asadning rejimi" (prezident), ham IShID, ham "Jabhat an-Nusra" ekstremistik guruhlarining hujumlaridan har tomonlama jabr ko‘rmoqda.
Mavzuga oid
23:54 / 05.07.2026
Tramp Anqarada Zelenskiy bilan uchrashishi mumkin
23:22 / 05.07.2026
Oq uy FIFAdan Balogunning diskvalifikatsiyasini bekor qilishni so‘radi – OAV
12:48 / 05.07.2026
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
05:49 / 05.07.2026