Texnologiya | 14:02 / 14.07.2016
4333
1 daqiqa o‘qiladi

LG 2016 yilning ikkinchi choragidagi dastlabki daromadlariga doir ma'lumotni e'lon qildi

LG Electronics Inc. (LG) kompaniyasi 2016 yilning ikkinchi choragidagi dastlabki daromadlari natijasini e'lon qildi. 

2016 yilning ikkinchi choragidagi taxminiy jamlama daromad 14 trillion Koreya voni (KRW), operatsion daromad esa 584,6 milliard KRW’ni tashkil qildi. Daromadlar o‘tgan yilning shu paytiga nisbatan 0,5 foizga yuqori bo‘lishi kutilmoqda, operatsion daromad esa o‘tgan yilga nisbatan 139,5 foiz yuqori bo‘ladi. 

(Milliard KRW)

Bu ma'lumotlar K- IFRS moliyaviy tahliliga asoslangan dastlabki jamlama daromadlar hisoblanadi. Daromadlar bo‘yicha dastlabki ma'lumotlar investorlarga LG Electronics kompaniyasi daromadlarining yakuniy natijalari chiqqunga qadar taqdim qilinadi. Har bir bo‘limning sof daromadi va moliyaviy ko‘rsatkichlari shu oyda rasman ma'lum qilinadi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid