Rossiya neft savdosidan kuniga 150 mln dollargaça qöşimça budjet daromadi olyapti. Bu esa Yaqin Şarqdagi uruşdan eng katta foyda körayotgan aynan Moskva ekanini körsatadi, deya yozadi Financial Times.

Hörmuz böğozining amalda yopilib qolişi natijasida Hindiston va Xitoyda Rossiya neftiga talab oşdi. Natijada Moskva neft eksportidan soliqlar orqali 1,3–1,9 milliard dollar atrofida qöşimça daromad olgan deb hisoblanyapti. Şu bilan birga AQŞ ayrim sanksiyalarni yumşatdi va Hindistonga Rossiya neftini sotib olmaslik böyiça bosimni kamaytirdi. Bu esa köplab tankerlarning Hind okeani tomon yöl olişiga sabab bölyapti.

Financial Times’ning sanoat va tahlilçilar baholariga asoslangan ma’lumotlariga köra, mart oyining oxirigaça Rossiya hukumati 3,3–4,9 milliard dollar qöşimça daromad olişi mumkin. Bu hisob-kitoblar rasmiy Moskvaning Urals markali neft narxi oy davomida örtaça 70–80 dollar atrofida böladi degan prognozlarga asoslangan. Avvalgi ikki oyda esa bu körsatkiç örtaça 52 dollar atrofida edi.

Bu Kreml uçun vaziyat keskin özgarişini anglatadi. Çunki Eron bilan uruş boşlanişidan oldin Rossiya neft narxlarining pasayişi va Vaşington bosimi tufayli Hindiston bilan savdosining katta qismini yöqotib, qiyinçiliklarga duç kelayotgandi.

Xalqaro energetika agentligi (IEA) payşanba kuni e’lon qilgan hisobotga köra, fevral oyida Rossiyaning neft va neft mahsulotlari eksporti 11,4 foizga kamayib, kuniga 6,6 million barrelga tuşib ketgan. Bu körsatkiç 2022 yilda Ukraina uruşi boşlanganidan beri qayd etilgan eng past daraja hisoblanadi.

«Neft narxining qimmatlaşişi Yaqin Şarqdagi mojaro qança davom etişiga boğliq. Hozirgi yuqori narxlar Rossiyaga birinçi çorakda budjet körsatkiçlarini bajariş va hatto biroz mablağ jamğarişni boşlaşga yordam beradi», deydi Kiyev Iqtisodiyot maktabining energetika va iqlim tadqiqotlari bölimi rahbari Boris Dodonov.

Sanksiyalarni yumşatiş haqidagi signallar

Yaqin Şarqdagi harbiy harakatlar Rossiyaga energetika bozorlarida öz ta’sirini kuçaytiriş imkonini ham beryapti. Çunki Fors körfazi davlatlari hozirça öz mahsulotlarini eksport qila olmayapti. Moskva esa uşbu vaziyatdan foydalanişga harakat qilyapti. Vladimir Putin duşanba kuni energetika bozorlarida «yangi narx realligi» şakllanayotganini aytib, Yevropaga energiya eksportini qayta tiklaş ğoyasini ham ilgari surdi.

Bir neça soat ötib Kreml Putin bilan Tramp örtasida «juda samarali suhbat» bölib ötganini ma’lum qildi. Keyinroq Amerika prezidenti narxlarni pasaytiriş maqsadida ayrim noma’lum davlatlarga nisbatan «sanksiyalarni olib taşlaş imkoniyati» haqida ham gapirdi.