Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Ozarbayjonga rasmiy tashrif boshladi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 13 iyulda Ozarbayjonga rasmiy tashrif boshladi, deb xabar berdi Poroshenko matbuot xizmati.
"Bokuda Ukraina davlati rahbari o‘zining ozarbayjonlik hamkasbi Ilhom Aliyev bilan "yuzma-yuz" formatida uchrashuv o‘tkazadi", deyilmoqda xabarda.
Poroshenko va Aliyev raisligida Ukraina va Ozarbayjon prezidentlari kengashining 5-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va uning natijalariga ko‘ra ikki tomonlama hujjatlar imzolash rejalashtirilgan.
Safar dasturi Poroshenkoning Ozarbayjon bosh vaziri va Milliy Mejlis (parlament) spikeri bilan alohida uchrashuvlarini ko‘zda tutadi.
Shuningdek, Poroshenkoning Ozarbayjondagi ukrain obshinasi bilan uchrashuvi belgilangan.
Mavzuga oid
22:08 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
14:18 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev strategik sheriklikni muhokama qildi
10:24 / 12.03.2026
Qo‘qonlik «tabib» Iqbol Soliyev Ozarboyjondagi klinikada qo‘lga olindi
19:49 / 05.03.2026