Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19 mart kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlaşib kelayotgan Ramazon hayiti va Navröz bayrami munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, birodar xalqlarga tinçlik-osoyiştalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Muloqot çoğida Oliy davlatlararo kengaşning ikkinçi yiğilişida erişilgan kelişuvlarni amalga oşiriş doirasida Özbekiston – Ozarboyjon strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tovar ayirboşlaş hajmi barqaror ösib borayotgani, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, madaniy-gumanitar va boşqa ustuvor yönalişlarda qöşma kooperatsiya loyihalari izçil ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Davlat rahbarlari Yaqin Şarqdagi vaziyat yuzasidan ham fikr almaşdilar. Uning yanada keskinlaşişi keng mintaqa uçun oldindan aytib bölmaydigan oqibatlarga olib kelişi, jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligi ta’kidlandi. Şu munosabat bilan vaziyatni siyosiy-diplomatik vositalar orqali tez fursatda yumşatiş zarurligi qayd etildi.

Suhbat davomida bölajak ikki va köp tomonlama tadbirlar rejasi ham körib çiqildi.