Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bokuda Ilhom Aliyev bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Ozarboyjon yetakchilari oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildilar.
Boku shahriga amaliy tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev 18 may kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.
Avvalgi oliy darajadagi muloqotlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Ozarboyjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlashning ijobiy sur’ati qayd etildi. Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 40 foizdan ziyodga oshdi.
Qurilish, tog‘-kon sanoati, energetika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihalarni jadallashtirish hamda birgalikdagi investitsiyalarni, shu jumladan, Qo‘shma investitsiya kompaniyasi mablag‘larini jalb etgan holda yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.
Yetakchilar transportga oid tashabbuslarni amalga oshirish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish masalalarini ham muhokama qildilar.

Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
14:10
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
13:31
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vazirini qabul qildi
11:00
Yangi Toshkent megapolisi va transport koridorlari investorlarga taqdim etildi
10:45