14:54 / 15.07.2016
10644

LG’dan sovg‘alar mavsumi: ikki karra xursandchilik

Foto: LG

Deraza tashqarisida 35 daraja issiq, yozning ayni pallasi, shunday bo‘lsa-da, Yangi yilga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishni boshlashimizga hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi! “Har bir kishiga sovg‘a” – shunday nom ostida O‘zbekistonda LG kompaniyasidan beminnat sovg‘a ulashish hamda arzon narxda sotish belgilarini o‘zida mujassam qilgan navbatdagi promo-aksiyaga start berildi. Agar siz yangi muzlatgich, kir yuvish mashinasi, changyutgich, mikroto‘lqinli pech yoki konditsioner sotib olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, u holda ikki karra yoqimli va foydali xaridni amalga oshirish vaqti keldi. 

Supersovg‘alar, birinchi va ikkinchi darajali hadyalar – aynan qanday sovg‘a egasi bo‘lishingizni qur'a aniqlaydi. U qanday bo‘lishiga qaramay, uyingiz yoki ishxonangizga yanada ko‘p qulaylik tug‘diradi. O‘yinda  50 foizli chegirma asosida 20 ta konditsioner, 20 ta muzlatgich hamda ko‘plab kafolatlangan sovg‘alar ishtirok etadi.

Promo-aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun O‘zbekiston hududida yuqorida nomlari qayd qilingan LG’ning maishiy texnikalaridan birini rasmiy kafolati bilan xarid qilishingiz va xaridni qayd qilish nuqtalarida maxsus o‘yin kartochkasini olishingiz kerak bo‘ladi (xaridlarni qayd qilish nuqtalari va o‘yinda ishtirok etayotgan maishiy texnika modellari haqida to‘liq ma'lumot bilan www.lgblog.uz saytida tanishishingiz mumkin). Shundan so‘ng kartochkaning bir tomonidagi himoya qatlamini o‘chirsangiz kifoya, buyog‘iga faqat kafolatlangan sovg‘ani olishgina qoladi. Agar himoya qatlami ostida “muzlatgich” so‘zi yashirin bo‘lsa, demak, siz eng zamonaviy 20 ta LG muzlatgichlaridan birining baxtli sohibiga aylanasiz va bu mutlaqo bepul! Konditsionerga nima deysiz?  Yozning issiq haroratiga barham berishning ayni vaqti, shunday ekan, himoya qatlamini o‘chirganingizda “konditsioner” so‘zi chiqsa, nur ustiga a'lo nur bo‘ladi! 

Mikroto‘lqinli pechlar va changyutgichlar 50 foizli chegirma sharti bilan o‘ynaladi. Masalan, siz kir yuvish mashinasini sotib olasiz va “50 foizli mikroto‘lqinli pech” yozuvli kartochkani tanlaysiz. Bu siz o‘yinda qatnashayotgan har qanday modelni atigi yarim narxida olishingiz mumkin deganidir (modellarning to‘liq ro‘yxati www.lgblog.uz saytida taqdim etilgan).

Himoya qatlamida ikkinchi darajali sovg‘alar yashiringan kartochkalar sizga oshxona jihozlarini tanlash imkonini beradi. Mevalar uchun vazalar, chashkalar va muzqaymoq soladigan idishlar to‘plamlari, grafinlar, shisha taxtakashlar va ko‘plab boshqa sovg‘alarga o‘yin kartochkasidagi himoya qatlamini o‘chirishingiz bilanoq ega bo‘lishingiz mumkin. Bu juda muhim jihat, chunki muzlatgich va konditsioner ko‘rinishidagi supersovg‘alarni g‘oliblar yutuq rasmiylashtirilganidan 10 ishchi kuni o‘tganidan keyin olishlari mumkin, birinchi darajali sovg‘alar – mikroto‘lqinli pechlar va changyutgichlar – 7 ishchi kuni davomida topshiriladi. 

Promo-aksiyada faqatgina chakana xaridorlar ishtirok etishlari mumkin (ya'ni ikkitadan ortiq bo‘lmagan maishiy texnika xarid qilgan kishilar), o‘zlari bilan sotuvchining muhri bosilgan kafolat taloni bo‘lishi shart.

“Har bir kishiga sovg‘a” aksiyasiga 5 iyulda start berildi va u 5 sentabrga qadar davom etadi. Buni keyinga qoldirmang, zero sovg‘alar soni cheklangan. Xaridlardan oladigan foyda va zavqingizni LG bilan ikki karra ko‘paytirish imkonini qo‘ldan boy bermang! 

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top