Ma’lum qilinişiça, bugungi kunda poytaxtdagi 169 ta avtobus yönalişi aholiga xizmat körsatmoqda. Yölovçilar uçun xavfsiz, qulay va sifatli taşuv xizmatlarini ta’minlaş transport sohasi oldidagi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Şu munosabat bilan Toşkent şahri avtobus yönalişlarida brutto-şartnoma talablariga muvofiq sifat mezonlarining taşuvçilar tomonidan bajarilişi ustidan nazorat kuçaytirildi.

Belgilangan talablarga köra, taşqi havo harorati +28 darajadan yuqori bölgan hollarda avtobus va elektrobuslardagi konditsionerlar işlatilişi, salon içidagi harorat esa +26 darajada saqlanişi lozim.

Transport vazirining tegişli körsatmasi asosida Toşkent şahar transport va yöl-transport infratuzilmasini rivojlantiriş boş boşqarmasi hamda «Toşşahartransxizmat» AJ mas’ullari iştirokidagi işçi guruh avtobus yönalişlarida monitoring olib bormoqda.

Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, bunday nazorat tadbirlari jamoat transportida xizmat sifati va yölovçilar uçun qulaylik darajasini oşirişga xizmat qiladi.