Jamiyat | 11:20 / 17.07.2016
68314
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp maslahatchisi u nima uchun Putinga "tahsin aytishini" tushuntirdi

Foto: russian.rt.com

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinga u haqiqatan ham o‘z mamlakati manfaatlari haqida qayg‘urishi sababli "tahsin aytadi". Bu haqda Trampning tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Mayk Flinn Der Spiegel nashriga bergan intervyusida ma'lum qildi.  

Trampning maslahatchisi va AQSh mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasining sobiq direktori Flinn "nufuzli yetakchilar" Trampni nima bilan "qoyil qoldirgani", AQSh prezidentlari nima bilan "ko‘nglini qoldirgani" haqida gapirib berdi.

"U (Tramp) boshqa davlatlar manfaatlariga uncha tashvishlanmay, o‘z davlati manfaatlari haqida qayg‘uradigan insonlarni hurmat qiladi. Putin Rossiya va Rossiya Federatsiyasi haqida juda qayg‘uradi. U o‘z davlati tarixini biladi. Unga "Sen menga yoqmaysan" deya olmaysan. Uni hurmat qilishga to‘g‘ri keladi. U dunyo darajasidagi yetakchi", deb tushuntirdi Flinn Tramp pozitsiyasini. 

Flinning fikricha, AQSh uchun Putin "shubhasiz, ishonchli yetakchi" bo‘ladi. Uning aytishicha, Vashingtonga Moskva bilan to‘laqonli munosabatlar zarur.

Flin Tramp kabi AQSh o‘z muammolariga ko‘proq e'tibor qaratishini istashini aytdi. "AQSh dunyodagi har bir muammoni hal qilishda ishtirok etishi shart emas", deb aytdi Flinn. Flinn aynan shunday pozitsiya tufayli Tramp amerikalik saylovchilar orasida katta qo‘llab-quvvatlovga erishishga muvaffaq bo‘lganini ta'kidlamoqda.

Mavzuga oid