Qozog‘istonda politsiyachilarning o‘limi haqidagi xabardan keyin telekanallarning bir qismi o‘chirib qo‘yildi
Olmaota shahridagi IIV binosiga qurollangan shaxslar hujum qilishi tufayli 2 politsiyachi halok bo‘lgach, Qozog‘istondagi telekanallarning bir qismi o‘chirildi va onlayn nashrlar faoliyati to‘xtatib qo‘yildi. Bu haqda Qozog‘istonning turli shaharlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillariga asoslangan holda TJ xabar tarqatdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayni vaqtda «Xabar», «Kazaxstan 24», «Pervyy kanal Yevraziya», «Sedmoy kanal», «31 kanal», GalamTV telekanallari ishlamayapti. Shuningdek, bir qator internet-kanallar, shu jumladan «Sedmogo kanala» faoliyati to‘xtab qolgan.
Qozog‘istonliklar NTV, «Rossiya-24», Pervyy kanal, «ReN TV», «RBK TV»kabi Rossiya kanallari orqali ma'lumot olishmoqda.
Shuningdek, Tengrinews.kz va Nur.kz saytlari faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda.
Guvohlardan birining aytishicha, tvitterdan foydalanishda ham muammolar paydo bo‘lgan.
18 iyul kunining birinchi qismida Qozog‘istonning avvalgi poytaxti Olmaota shahri markazidagi Almalinsk tumani IIV binosi yaqinida otishma yuz berdi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum shaxslar politsiyachilarni o‘qqa tutishi natijasida 2 politsiyachi halok bo‘ldi, 7 nafari jarohatlanib shifoxonaga yotqizildi.
Otishma boshlaganlardan biri yo‘q qilinib, yana bir qo‘lga olingan.
Shaharda terrorchilik tahdidining eng yuqori darajasi e'lon qilingan. Politsiya shahar aholisiga uylarni va ofislarni tark etmaslikni tavsiya qilgan.
Mavzuga oid
14:30 / 14.10.2024
Gurjiston TV-kanallari hukmron partiya roligini ko‘rsatishdan bosh tortdi
09:39 / 28.09.2024
Germaniyada Rossiya targ‘ibot telekanallari efiri bloklandi
11:50 / 20.09.2024
Wildberries ofisidagi otishmada ishtirok etganlar tergov izolyatoriga jo‘natildi
10:28 / 20.09.2024