Amerika naşrlari yozişiça, hujum qilgan şaxs – 21 yoşli Nosir Best bölib, u oldin ham Oq uyga kirişga uringandi.

Bu hodisa Oq uyda Donald Tramp iştirokidagi tadbirda röy bergan otişmadan bir oy ötmasdan sodir bölmoqda.

Oq uy atrofida önlab öq ovozlari eşitilgani haqida dastlab CNN muxbirlari xabar berişdi.

ABC telekanali muxbiri Selina Van X ijtimoiy tarmoğida öq ovozlari eşitilib turgan videoni joylaştirgan. Unda muxbir öz telefonida video olayotgan vaqtda otişma boşlangani va u qörqib ketib, yaşiringani aks etgan.

Postda u şunday yozib qoldirgan: «Öq ovozlari eşitilganida men Oq uyning Şimoliy ötloğida öz ayfonimda ijtimoiy tarmoqlar uçun video olayotgandim. Önlab öq ovozlari çiqdi. Bizga brifinglar uçun zalga yuguriş buyurildi. Hozir şu yerdamiz».

Oq uy muxbirlari otişma haqidagi xabarlardan keyin brifinglar zaliga evakuatsiya qilingan
Brendan SMIALOWSKI / AFP via Getty Images

AQŞ Maxfiy xizmati vakili CNN telekanaliga ma’lum qilişiça, mahalliy vaqt bilan şanba kuni soat 18:00 da (Toşkent vaqti bilan yakşanbaga ötar keçasi soat 03:00) Oq uy kompleksidan taşqarida joylaşgan 17-köça va Pensilvaniya avenyusi kesişmasida öq uzilgan.

Noma’lum şaxs nazorat-ötkaziş punktiga yaqinlaşib, sumkasidan töpponça çiqargan va qöriqçilarga qarata tartibsiz ravişda öt oçgan. Maxfiy xizmat agentlari bunga javoban öt oçişgan, qurolli şaxs olingan tan jarohatlari oqibatida şifoxonada vafot etgan.

Otişma vaqtida hududdan ötib ketayotgan ötkinçi yölovçi ham yaralangan, uning ahvoli oğir ekani aytilmoqda.

Donald Tramp ham bu vaqtda Oq uyda bölgan. Maxfiy xizmat xodimlari orasida yaralanganlar yöq.

Trampning özi Truth Social ijtimoiy tarmoğida xodimlarga «tezkor va professional harakatlari» uçun minnatdorçilik bildirdi, şuningdek, otişma keltirib çiqargan şaxsning «zöravonlikka moyilligi» bölgani haqida yozdi.

Hujum qilgan şaxs haqida nimalar ma’lum?