Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmaotada yuz bergan otishma qurbonlari soni 7 kishiga yetdi
Qozog‘iston politsiyasi Olmaota shahri huquq-tartibot idoralari binosiga uyushtirilgan hujum qurbonlari soniga oydinlik kiritdi, deb xabar qilmoqda Life.ru.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, otishmada 7 kishi nobud bo‘lgan. Hozircha, huquq posbonlari ikki kishining shaxsini aniqlashning uddasidan chiqishmagan.
Otishma chog‘ida 3 politsiyachi va bir nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgani xabar qilingan edi.
Avval xabar berilganidek, bir guruh noma'lum jinoyatchilar, Almali tuman politsiya bo‘limi va Milliy xavfsizlik qo‘mitasining mahalliy departamenti binolariga hujum uyushtirgan.
Jinoyatchilarni ushlash chog‘ida bir necha politsiyachi jabrlangan. Hujum qilganlardan biri qo‘lga olingan. U, Qizilo‘rda viloyati fuqarosi ekani aniqlangan.
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026