Jahon | 15:12 / 18.07.2016
8098
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Gulen bankini muzlatib qo‘ydi

Turkiya hukumati, muxolifatdagi Islom imomi Fatxulloh Gulenga aloqasi bo‘lgan Bank Asya (Osiyo banki)ning respublikadagi faoliyatini taqiqladi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Turkiya jamg‘armalarni sug‘urtalash Fondi xabariga asoslangan holda. 

Fond xabariga ko‘ra, bank faoliyatining muzlatilishi sababi rasmiydir. Ya'ni, bank sotuvga qo‘yilgan, ammo, uni xarid qilish uchun bironta ham talabgor chiqmagani bois, tender o‘tkazilmagan. 

Agentlikning qayd etishicha, Turkiyada umumiy hisobda Gulen bilan aloqador bo‘lgan 20dan ortiq kompaniya mavjud. Ma'lumki, mamlakat prezidenti Erdo‘g‘on Gulenni davlat to‘ntarishini tashkil etishda ayblamoqda. 

Bu ayblovlarni rad etayotgan Fathulloh Gulen Turkiyaga ekstraditsiya qilinishiga shayligini bildirgan edi. 

Mavzuga oid