Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Serbiyada 6 kishi davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanib hibsga olindi
Gumondorlar «Serbiyada hokimiyatni zo‘ravonlik bilan almashtirishni rejalashtirgan».
Serbiyada mamlakat konstitutsiyaviy tuzumi va xavfsizligiga qarshi harakatlarga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumon qilinib, olti kishi qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 21 iyun kuni gumondorlar «Serbiyada hokimiyatni zo‘ravonlik bilan almashtirishni rejalashtirish» maqsadida Kralevo shahridagi mehmonxonada to‘plangan. Yig‘ilishda hukumat amaldorlariga, politsiyaga hujumlar, hukumat binolari va ommaviy axborot vositalarining zo‘ravonlik bilan egallab olinishi muhokama qilingan.
Qo‘lga olinganlardan birida seriya raqami o‘chirilgan to‘pponcha borligi aniqlangan. Yana bir kishi yonidan arbalet topilgan. Gumonlanuvchilar 48 soatga hibsga olindi. Vazirlik press-relizida ularning ismi sharifi faqat bosh harflari keltirilgan.
N1 nashriga ko‘ra, quyidagi shaxslar hibsga olingan: Kralevo mahalliy xalqlari uyushmasi vakili Ivan Matovich, Serbiya harbiylar kasaba uyushmasining sobiq raisi Novitsa Antich, Xorvatiya va Kosovodagi urushlar faxriysi Branko Momchilovich, sobiq ofitser Vidan Koljajich va sobiq politsiyachi Srjan Gajovich.
2024 yil mart oyida Politico nashri G‘arb razvedka agentligiga tayanib, Novitsa Antich Rossiya maxsus xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan «ta’sir agenti» ekanini yozgan edi.
2024 yil avgust oyida Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Rossiya Serbiyaga respublikada tayyorlanayotgan ommaviy tartibsizliklar haqida ma’lumot berganini, uning maqsadi davlat to‘ntarishi bo‘lganini aytdi.
Mavzuga oid
08:35 / 06.06.2026
Serbiyada og‘ir vaziyatda qolgan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
15:00 / 03.06.2026
Belgraddagi global konferensiyada O‘zbekistonning gender tenglik borasidagi tajribasi taqdim etildi
22:15 / 18.05.2026
Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
08:58 / 13.05.2026