Turkiyada ta'lim sohasida 15 mingdan ortiq xodim ishdan bo‘shatildi

Foto: Reuters
Turkiya Ta'lim vazirligi sohadagi 15,2 ming xodimning mamlakatda harbiy to‘ntarishga urinishdan keyin boshlangan yalpi tozalash harakatlari doirasida ishdan bo‘shatilgan.
Bundan tashqari, Turkiya oliy ta'lim boshqarmasi mamlakatdagi universitetlardan 1577 dekanni lavozimidan chetlashtirishni talab qilgan.
Ta'lim sohasi vakillarining ishdan bo‘shatilishiga ularning 15 iyul kungi voqealar tashkilotchiligida ayblangan Fathulloh Gulen bilan aloqadorligi gumon qilingani bo‘lmoqda.
Bundan oldinroq, Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim "Turkiyani Gulen tarafdorlaridan tozalash"ga chaqirgandi.
Bugun Turkiya hukumati AQShga Gulenni topshirish bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi. Gulenning o‘zi davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorligini rad etib kelmoqda.
Turkiya sudi bugungacha tozalash ishlari doirasida 85 nafar general va admirallarni hibsga oldirdi.
Bugungacha davlat to‘ntarishga urinishga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olinganlar soni 9500 nafardan oshgan.
Ular orasida prezidentning 2 maslahatchisi, Turkiya din ishlar boshqarmasining 492 nafar xodimi, 100 nafar politsiyachi, 6038 nafar harbiy xizmatchi, 755 nafar sudya va prokurorlar, bosh vazir kantselyariyasining 250dan ortiq xodimi, 180 nafar razvedkachi hamda 650 nafar oddiy fuqaro bor.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
Jahon | 00:59
-
Milliy rassomlik va dizayn institutiga rektor tayinlandi
O‘zbekiston | 00:26
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
Mavzuga oid

19:46 / 04.05.2025
Turkiya muxolifati yetakchisi Istanbulda hujumga uchradi - video

11:09 / 28.04.2025
“Farzandlarimiz turk erkaklari quchog‘ida qolmoqda” – Turkiyadagi o‘zbek xotin-qizlari taqdiri haqida suhbat

15:56 / 15.04.2025
Istanbulda o‘zbekistonlik ayol erini o‘ldirishda gumonlanmoqda

10:49 / 14.04.2025