Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
O‘limlarning uchtasi YTH, biri kasallik bilan bog‘liq.
Turkiyada so‘nggi 3 kunda 4 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 11 iyun kuni Istanbuldagi Shimoliy Marmara avtomagistralida YTH sodir bo‘lgan. Oqibatda o‘zbekistonlik 31 yoshli A.H., uning turkiyalik turmush o‘rtog‘i va 2 oylik farzandi (xabarda bola ham O‘zbekiston fuqarosi sifatida keltirilgan) halok bo‘lgan.
12 iyun kuni esa Tuzla tumanida YTH yuz bergan. Unda 23 yoshli O‘zbekiston fuqarosi N.M. og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Shuningdek, uzoq vaqt onkologik kasallik bilan kurashib kelgan 58 yoshli ayol ham Istanbuldagi shifoxonalardan birida hayotdan ko‘z yumgan.
Bosh konsulxona Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda jasadlarni vatanga yuborish va boshqa zarur masalalar yuzasidan tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilayotganini bildirgan.
Avvalroq Istanbulda o‘zbekistonlik 6 yoshli bola tramvay ostida qolib, vafot etgandi.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
18:32 / 09.07.2026
«Kuchliroq NATOda kuchliroq Yevropa» – Anqaradagi sammit qanday o‘tdi?
18:10 / 09.07.2026