Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Sudandagi to‘qnashuvlar BMTning mamlakatdagi missiyasiga to‘sqinlik qilmoqda
BMT Janubiy Sudan missiyasini (UNMRSS) bajarayotgan 140 nafar xodimini vaqtinchalik evakuatsiya qildi. Bunga Janubiy Sudanda mamlakat prezidenti Salva Kiir va uning o‘rinbosari Riyek Mashar tarafdorlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar sabab bo‘ldi. Bu haqda BMT rasmiy vakili Farhon Haq jurnalistlarga ma'lum qilgan.
"Umumiy hisobda UNMRSS xodimlarining 140 nafari ishlarini to‘xtatishgan va ular Juba shahriga ko‘chirilgan. Missiya barcha zarur operatsiyalarni davom ettiradi", - dedi u.
UNMRSS tarkibida 1580 nafar xodim ishlaydi. Ular orasidan 1200 nafari xorijiy fuqarolar.
Avvalroq BMT xodimlarning bir qismi Ugandadagi Entebbe shahriga ko‘chirilgani haqida xabar bergan edi.
Janubiy Sudandan o‘z fuqarolari va xodimlarini bir qator davlatlar, jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Hindiston, Kanada, AQSh, Janubiy Koreya va Yaponiya ham ko‘chirmoqda.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026